Joriy yilning 1-noyabr holatiga jami 60 549 ta murojaat roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 26 028 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari, 137 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, 454 tasi Bosh prokuratura “Ishonch telefoni”, 2 505 tasi qoʻmita “Ishonch telefoni” orqali va 31 425 tasi bevosita kelib tushgan.
Tushgan murojaatlarning 19 836 tasi qanoatlantirilgan, 37 608 tasi huquqiy maʼlumot va tushuntirish berish orqali hal etilgan, 96 tasi qonun talablariga muvofiq boʻlmaganligi uchun koʻrmasdan qoldirilgan, 1 235 tasida keltirilgan holatlar oʻrganish jarayonida oʻz tasdigʻini topmagan, 340 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa vazirlik va idoralarga yuborilgan boʻlsa, hisobot davrida 1 434 tasi koʻrib chiqish jarayoni (nazorat)da boʻlgan.