1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida nafas yo‘llari allergiyasi va umumiy sog‘lomlashtirishga ixtisoslashgan bolalar sanatoriysi foydalanishga topshirildi.
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soʻlim goʻshalardan biri Soliq qo‘mitasining “GʻAZALKENT” sogʻlomlashtirish markazi joriy mavsumdan yangicha qiyofa va xizmatlar bilan faoliyatini davom ettiradi.
Endilikda bolajonlar bu yerda yil davomida maroqli hordiq olish bilan bir qatorda, malakali mutaxassilar va zamonaviy uskunalar yordamida sifatli fizioterapiya davolanish kurslarini olishlari mumkin.
Mazkur maskanning aynan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida ochilgani kelajagimiz egalari uchun munosib bayram sovgʻasi boʻldi.
Oromgohda 150 nafargacha dam oluvchi maroqli hordiq chiqarishi va sogʻligʻini yaxshilash imkoniyati mavjud.