“E-ijara” xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini soliq organlarida masofadan turib ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.
Mazkur tizim joriy etilgunga qadar yuridik shaxslarning mulk huquqi yoki ijara shartnomalari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi tovarlarning nazoratsiz harakatlanishiga va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga ayni muddao bo‘lgan. Buning natijasida soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish qiyinlashgan.
Xizmat sodda va foydalanish uchun qulay. Tizimga ERI kaliti yordamida kirish mumkin. STIR/JShShIR kiritilgandan so‘ng ijaraga beruvchi/oluvchi manzili haqidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi. Kadastr raqami ko‘rsatilgach, ko‘chmas mulk obyekti haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yuklanadi.
Bugungi kunga qadar davlat soliq organlarida 232 126 ta ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan. Shundan:
- Yuridik shaxslar ijara shartnomasi 99 855 ta;
- Jismoniy shaxslar ijara shartnomasi 132 271 ta.
“Mening holatimni tekshirish” interfeysida ushbu mezon bo‘yicha soliq xavfining “yashil”darajasiga ega korxonalar 71 058 ta.
Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?
Ikkilamchi ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
Talabalar bilan tuzilgan shartnomani hisobga qo‘yish
Shartnoma haqiqiyligini tekshirish