Soliq mobil ilovasining yangilangan interfeysida (Android / iOS / Harmony OS) ro'yxatga olingan kassa cheklari ma'lumotlari detallashtirilgan.
Mening cheklarim bo‘limida "Umumiy ma'lumotlar" keshbek mablag'larini tasdiqlash tartibi to'g'risidagi "Qo‘shimcha ma'lumotlar" bilan to'ldirilgan.
Bunda keshbekni tasdiqlash uchun quyidagilar inobatga olinadi:
chekning soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjudligi;
chekdagi ma’lumotlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
*tadbirkorlik subyektining holati, ya'ni -
Keshbek to‘liq tasdiqlansa yashil rangda aks etadi.
"Tasdiqlanish jarayonida" holati, ya'ni ko‘k rang *tadbirkorlik subyekti holatini tuzatish zarurligini bildiradi. Ular bartaraf etilishi bilan keshbek summasi tasdiqlanadi va uni biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.