2024-yil yanvar-fevral oylarida 62 190 ta kichik biznes korxonasi tomonidan 2,1 trln so‘mga yaqin soliq to‘langan. Ularning jami tovar aylanmasi 23 trln so‘mdan ortiq, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 731,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
25,9 mlrd so‘m soliq to‘lagan TOP-20 kichik korxonalar infografikada. Tushumlar soliq turlari kesimida:
▫️QQS – 10,4 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 3,3 mlrd so‘m;
▫️aksiz solig'i - 3,1 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 3,1 mlrd so‘m;
▫️ijtimoiy soliq - 2,3 mlrd so‘m;
▫️boshqalar - 3,7 mlrd so‘m.
Soliqlarning asosiy qismi o‘tgan yilgi yakuniy hisobotlar asosida to‘langan.
Umumbelgilangan soliqlar maʼmuriyatchiligi boshqarmasi