Prezidentimizning 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qarori 8-bandiga asosan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o‘tgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar” soliq hisobot shakllari joriy qilingan.
DSQning 28.01.2020-yildagi 2020-03-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 13-ilova. AV-3221-son, 24.02.2020-y.
Mazkur hisobot shakllari *MHXSga ga o‘tgan soliq to‘lovchilar tomonidan 1 yilda 1 marta hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etadi.
Ushbu shakllar MHXSda belgilangan me’yorlar asosida to‘ldiriladi.
Eslatma! Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o‘tgan yuridik shaxslar buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
*MHXS - moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari