O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunung amaliy natijasi sifatida Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinganini ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
Bu har qanday sharoitda ham til, ma’naviyat masalalari davlatimizning doimiy e’tibor markazida ekanini yana bir bor isbotladi. Demak, mamalakatimizda ona tilimizga qaratilgan e’tibor uning milliy qonunchiligida ham mustahkamlanmoqda. Natijada davlat tilining kundan-kunga nufuzi oshib bormoqda.
Yaqinda Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida ham davlat tili mavqeini oshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Lola Soadatova davlat tilida ish yuritish, sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intevyusi, unda ilgari surilgan g‘oyalar haqida fikr yuritildi.
Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati