Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, QQS to‘lvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqishning maksimal muddati 7 kun etib belgilandi.
Bu jarayonda soliq to‘lovchilar avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinib, soliq xavfining past, o‘rta va yuqori darajalariga ajratiladi:
Soliq xavfi past darajada bo‘lgan soliq to‘lovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hech qanday soliq nazorati tadbirlari o‘tkazilmaydi.
Soliq xavfi o‘rta darajada bo‘lgan soliq to‘lovchilar xam ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ularning faoliyati ustidan 12 oy davomida kuchaytirilgan nazorat o‘rnatiladi.
Soliq xavfining yuqori toifasiga ajratilgan soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etgan arizasi rad qilinadi yoki mavjud QQS guvohnomalar ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Xususan, taʼsischi to‘g‘risida maʼlumotlar soliq organining maʼlumotlar bazasida mavjud bo‘lmaganda;
- o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmay turib ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki bo‘lmaganda;
Soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish maqsadida ularning shaxsiy kabinetida “Mening holatimni tekshirish” oynasi yaratildi. Bu orqali ushbu tartib amaliyotga joriy etilgunga qadar soliq xavfining yuqori darajasiga tushishi hamda guvohnomani vaqtincha to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan o‘z faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.