“Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu shior ostida mamlakatimiz boʻylab kezib yurgan eng ulugʻ ayyom mustaqillikning 31 yillik shodiyonalari munosabati bilan o'tkazilgan Stol tennis bo'yicha “Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi kubogi” musobaqasida boshqarma va hududiy inspeksiya hodimlaridan tashkil topgan 17 ta jamoa aʼzolari ishtirok etdilar.
100 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan shiddatli o'tgan bellashuvlarda xodimlar o'zlarining bor mahoratlarini ishga solib gʻoliblik uchun bellashdilar.
Murosasiz oʻtgan baxslarda eng kuchlilar aniqlandi.
Umumjamoa hisobida
🥉Qoʻrgʻontepa tumani 3-o'rinni,
🥈Marhamat tumani 2-o'rinni,
🥇 boshqarma hodimlaridan tashkil topgan jamoa esa faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.
🏆Ishtirokchilarga esdalik sovg’alari va musobaqa kubogi tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir soʻngida barcha qatnashchilar ishtirokida bir piyola choy ustida shirin suhbat tashkil etildi.
Dastlab tizim hodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalar endi bosqichma-bosqich 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirokida davom etadi. Chunki bunday musobaqalarni tashkil etishdan asosiy maqsad hududlardagi yoshlar orasida sportni keng targʻib qilishdan iboratdir.